Indoneziyaning Bali oroli sohillarida parom çökib ketişi oqibatida kamida tört kişi halok böldi, önlab odamlar bedarak yöqoldi.

Mahalliy qutqaruvçilar ma’lumotlariga köra, çorşanba kuni keçqurun çökib ketgan kema bortida jami 65 kişi – 53 nafar yölovçi va ekipajning 12 a’zosi bölgan.

Parom Şarqiy Yavadan Bali oroliga harakatlanayotgandi.

«23 kişi qutqarildi, tört kişi halok böldi», – dedi AFP agentligiga Yava orolidagi Banyuvanga şahri politsiyasi boşliği Ram Samtama Putra.

Halokat sabablari noma’lum.

Ma’lumotlarga köra, voqea parom Yava orolidan jönab ketganidan taxminan 25 daqiqa ötib sodir bölgan.

Parom operatori mahalliy OAVga ma’lum qilişiça, halokatdan biroz oldin kema ekipaji dvigatelda nosozlik borligi haqida xabar bergan.

Uşbu yönaliş köpinça Yava va Bali orollari örtasida sayohat qiluvçi mahalliy aholi tomonidan foydalaniladi.

Parom bortida transport vositalari, jumladan, yuk maşinalari ham bor edi.