Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Misrda ikkita kuchli portlash ro‘y berdi
Mirsning Tanta shahrida (Qohira shimolida)gi Mar-Girgis ibodatxonasi yonida portlash sodir etildi. Bu haqida "Al-Hadas" telekanalida xabar berildi.
"Al-Arabiyya" telekanaliga ko‘ra, portlash natijasida kamida 5 kishi halok bo‘lgan, 50 nafarga yaqini jarohat olgan. Misr rasmiylari hozircha halok bo‘lganlar haqidagi xabarni tasdiqlashmadi.
Portlash haqidagi ma'lumotlar bir-biridan farq qilmoqda: ba'zi xabarlarga ko‘ra, portlash qibtiy cherkovi oldidagi maydonda sodir bo‘lgan, boshqalariga ko‘ra esa - cherkov ichida. Cherkov atrofidagi hudud politsiya tomonidan o‘rab olingan.
So‘nggi xabarlarga ko‘ra, Tanta shahrida yana bir - ikkinchi portlash qayd etilgan. "Axbar Ajila" portaliga ko‘ra, ikkinchi portlash politsiya o‘quv markazi hududida sodir bo‘lgan.
9 aprel kuni misrlik nasroniylar o‘z diniy bayramini nishonlash uchun cherkovlarga yig‘ilishadi.
2016 yilning dekabrida muqaddas Petr cherkovida, Qohiradagi Abbosiya tumanidagi qibtiy ibodatxona majmuida ham terakt ro‘y bergan edi. O‘shanda portlash 26 kishini hayotdan olib ketgan, 50 nafarga yaqini jarohat olgandi.
Mavzuga oid
17:34 / 18.12.2025
Misrda o‘zbekistonliklarning ushlanishi bilan bog‘liq holatlar oshdi
15:34 / 17.12.2025
O‘zbekiston–Misr: to‘qimachilikda qo‘shma korxonalar tashkil etiladi
12:45 / 13.12.2025
Netanyahu Misrga bormoqchi. Gaz bo‘yicha megakelishuv imzolanishi mumkin
15:30 / 06.12.2025