Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Misrda ikkinchi portlash. Iskandariyadagi terakt oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi
Misrning Iskandariya shahridagi cherkovda sodir etilgan portlash oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi va 60 kishi jarohatlandi. Bu haqda Misr Sog‘liqni saqlash vazirligiga asoslanib Reuters agentligi xabar tarqatgan.
Ma'lum qilinishicha, xudkush terrorchi politsiya payqab qolgach, o‘zini cherkov eshigi oldidayoq portlatib yuborgan va bu qurbonlar soni ko‘p bo‘lishining oldini olgan.
OAVning aytishicha, u koptlarning patriarxi Teodor Ikkinchini o‘ldirishni maqsad qilgandi. Patriarx portlash ro‘y berishidan oldinroq binoni tark etishga ulgurgan va jarohatlanmagan.
Qayd etish kerakki, bu Misrda bugun sodir etilgan ikkinchi yirik terakt bo‘ldi. Bundan avvalroq Tanta shahridagi Mar-Girgis shahrida xudkush terrorchi o‘zini portlatgach, 30 kishi halok bo‘lgan va 40dan ortiq kishi jarohatlangandi.
Hozircha ushbu portlashlar uchun javobgarlikni hech bir tashkilot o‘z zimmasiga olmadi.
Mavzuga oid
12:28 / 13.10.2025
AQSh Xitoyda "Sion" cherkovi rahbarlari qo‘lga olinganini qoraladi
12:13 / 04.10.2025
Anglikan cherkoviga tarixda ilk bor ayol kishi rahbar bo‘ldi
19:50 / 16.05.2025
Portugaliyada cherkovning qulagan devorlari orasidan 12 ta skelet topildi
20:47 / 29.01.2024