Sport | 09:10 / 09.04.2017
15915
2 daqiqa o‘qiladi

Neymar «Malaga»ga qarshi o‘yindagi harakati uchun klasikoni o‘tkazib yuborishi mumkin

«Barselona» hujumchisi Neymar Ispaniya chempionatining 31-turi doirasida «Malaga»ga qarshi o‘yindagi harakati uchun diskvalifikatsiya qilinishi mumkin.

Braziliyalik futbolchi uchrashuvning 65-daqiqasida Diyego Lorentega nisbatan qo‘polligi uchun maydondan chetlatilgandi. U 27-daqiqada vaqtni cho‘zgani uchun ogohlantirgandi, ikkinchi harakat uchun yana sariq kartochka ko‘rsatildi va ikki sariq kartochka qizil kartochkaga aylandi.

U maydonni tark eta turib, zaxira hakamiga kinoyaviy tarzda qarsak chalib qo‘ydi. Uchrashuv hakami Xesus Xil Mansano ushbu holatni qayd etgan.

Agar tartib-intizom qo‘mitasi sportga xos bo‘lmagan bu harakat uchun uni jazolaydigan bo‘lsa, Neymarni ikki-uch o‘yinga chetlatishi, va Neymar 23 aprel kuni «Real»ga qarshi uchrashuvda qatnasha olmasligi mumkin.

Neymarning «Malaga»ga qarshi o‘yindagi qizil kartochkasi uning futbolchilik faoliyatidagi 5-chisi bo‘ldi. «Barselona» keyingi 59 o‘yinda ilk marta kamchilik bo‘lib qoldi.

Mavzuga oid