Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tillerson AQShning Suriyadagi bosh maqsadi haqida gapirdi
AQSh Davlat kotibi Reks Tillerson ma'lum qildiki, Qo‘shma shtatlarning Suriyadagi asosiy maqsadi IShIDni yo‘q qilishdir. U bu haqida CBS News uchun bergan intervyusida gapirgan.
«Men o‘ylaymanki, IShID tahdidi bartaraf etila borilib va yo‘q qilinsa, Suriyadagi vaziyat ham iziga tusha boshlaydi», — degan Tillerson.
U qayd etib o‘tganki, Vashington hamon Suriyadagi fuqarolik urushi barham topishidan umid qilmoqda. Tillersonning fikricha, buning uchun tomonlar muzokaralar stoliga o‘tirmog‘i kerak.
«Rossiya Suriyada o‘t ochishni to‘xtatish rejimini qo‘llab-quvvatlashda Ostonada o‘z muzokaralarini o‘tkazish yo‘li bilan, shuningdek, Jyenevadagi muzokaralar yordamida konstruktiv rol o‘ynashga qaror qilishiga umid qilamiz», — deya qo‘shimcha qilgan davlat kotibi.
Davlat departamenti rahbari AQSh fuqarolik urushini to‘xtatish va tomonlarni mamlakatning siyosiy kelajagini muhokama qilish uchun muzokaralar stoliga o‘tqiza olishiga umid qilishini ta'kidlab o‘tgan.
Bundan oldinroq Tillerson Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov bilan AQShning Suriyaga bergan zarbasini muhokama qilgani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
14:30 / 17.12.2018
Lavrov Kiyevning ehtimoliy ig‘vogarliklariga javob qaytarilishi haqida ogohlantirdi
08:42 / 19.10.2017
Tillerson kelasi haftada Hindiston va Pokistonga boradi
09:07 / 18.09.2017
Nyu-Yorkda Lavrov va Tillerson uchrashuvi yakunlandi
17:02 / 11.04.2017