Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: Toshkentda quriladigan halqa temir yo‘li loyihasi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 aprel kuni Toshkent shahridagi halqa temir yo‘li qurilishi loyihasi bilan tanishdi.
Elektrichka harakatlanadigan halqa yo‘lining jami uzunligi 71,2 kilometrni tashkil etadi (ikkita yo‘nalishdagi yo‘llar uzunligi — 140 kilometrdan ziyod), yo‘nalishda 26ta bekat barpo etiladi. Birinchi bosqichda temir yo‘lda 10ta poyezd (har bir yo‘nalishda beshtadan) harakatlanadi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, ular butun yo‘lni taxminan bir soatda bosib o‘tadi.
Loyiha qiymati 265 million dollarni tashkil qiladi, shundan 185 millioni davlat byudjyetidan, 80 millioni — Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan ajratiladi. Xorijiy investitsiyalar jalb qilinishi ham mumkin.
Ushbu transport turini yo‘lga qo‘yish rejasi haqida Shavkat Mirziyoyevning Toshkentdagi saylovchilar bilan saylovoldi uchrashuvida ilk bor ma'lum qilingan. O‘shanda loyihani amalga oshirish 2017-2030 yillarga mo‘ljallangani aytilgandi.
Temir yo‘l yo‘nalishi avtobus yo‘nalishlari, metropoliten bekatlari va boshqa transport turlari bilan qulay tarzda bog‘lanadi.








Mavzuga oid
18:03 / 24.08.2025
Iordaniya podshohi davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi
20:48 / 09.10.2024
Buxoroning yangi aeroporti soatiga 8 ta samolyotga xizmat ko‘rsatadi
21:49 / 08.10.2024
Mirziyoyev MDH sammitida ko‘ptomonlama hamkorlik barcha yo‘nalishlarda rivojlanganini yuqori baholadi
19:31 / 06.10.2024