Sport | 10:22 / 10.04.2017
4041
1 daqiqa o‘qiladi

Kanada terma jamoasi 36-marotaba kyorling bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi

Kanada erkaklar terma jamoasi Kanadaning Edmonton shahrida bo‘lib o‘tgan kyorling bo‘yicha jahon chempionati finalida Shvetsiya termasidan ustun keldi.

Yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan final uchrashuvi kanadaliklar foydasiga 4:2 hisobida yakunlandi, ular 36 marotaba jahon chempionligini qo‘lga kiritishdi.

Shveytsariya terma jamoasi esa bronza medallariga ega chiqdi.

2018 yilda kyorling bo‘yicha jahon chempionati AQShning Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid