Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliyada o‘rgimchakning 50 yangi turi kashf qilindi
Avstraliyada o‘rgimchaklarning 50 yangi turi kashf qilindi. Tadqiqotchilar Kvinslend shimolidagi Keyp-York yarimoroliga uyushtirgan 10 kunlik ekspeditsiyasidan keyin ana shunday bayonot bilan chiqishdi. The Guardian shu haqida ma'lum qildi.
Manbaga ko‘ra, ekspeditsiya ro‘yxatidan Maratus o‘rgimchaklarining yorqin rangli yangi turi, chumolixo‘r o‘rgimchaklarning yangi turlari, Supunna o‘rgimchaklarining old oyoqlari oq-qora bo‘lgan yana bir vakili va Mygalomorphae oilasiga mansub yirik qora o‘rgimchak kabilar o‘rin olgan.
Bugungi kunda Avstraliya hududida o‘rgimchaklarning jami 3500 mashhur turi mavjud bo‘lib, yana 7-15 ming turining tasniflanishi kutilmoqda. Ularning deyarli barchasi beozor va insonga jiddiy ziyon yetkazmaydi.
Mavzuga oid
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
22:52 / 29.03.2026
Yonilg‘i narxi oshgani sababli Avstraliyaning ikki shtatida jamoat transporti bepul bo‘ladi
12:00 / 24.03.2026
YeI va Avstraliya bojlarning 99 foizdan ortig‘ini bekor qiladi
15:09 / 15.03.2026