Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chernogoriya NATOning 29-a'zosi bo‘ldi
AQSh prezidenti Donald Tramp 11 aprelda Chernogoriyaning NATOga kirishini ma'qulladi. Yugoslaviyaning sobiq respublikasi NATOning 29-a'zosiga aylandi.
"Bugun AQSh prezidenti Donald Tramp Chernogoriyaning Shimoliy Atlantika alyansiga qo‘shilishi haqidagi bayonnomani ratifikatsiya qildi", deb aytildi Oq uy xabarida.
E'tiborlisi, Chernogoriyaning NATOga kirishi haqidagi hujjatning imzolanishi vaqti AQSh davlat kotibi Reks Tillersonning Moskvaga kelishi vaqti bilan mos keldi. Ma'lumki, Rossiya NATOning kengaytirilishiga qarshi chiqib keladi.
Mart oxirida NATOni kengaytirish va alyansga Chernogoriyaning kiritilishi bo‘yicha kelishuv AQSh senati tomonidan ratifikatsiya qilingandi.
NATOga a'zo davlatlarning sammiti may oyi oxirida Bryusselda bo‘lib o‘tishi sababli AQSh davlat kotibi senatorlardan Chernogoriyaning NATOga kiritilishini tezroq ma'qullashni so‘ragan edi.
Mavzuga oid
23:02 / 17.02.2026
AQSh bir sutka ichida Yaqin Sharqqa 50 dan ortiq qiruvchi samolyot jo‘natdi
22:46 / 17.02.2026
Epshteyn bilan aloqalari uchun karerasi barbod bo‘lgan odamlar sanaldi
18:18 / 17.02.2026
Urush xavfi kuchayayotgan bir paytda AQSh va Eron yadroviy muzokaralari boshlandi
13:21 / 17.02.2026