AQŞ Markaziy qömondonligi (CENTCOM) ma’lum qilişiça, 9 iyun kuni Eronning Hörmuz böğozi atrofidagi havo mudofaasi tizimlari, radiolokatsiya stansiyalari va boşqaruv obektlariga qarşi harbiy amaliyot ötkazilgan.

Qömondonlik bu harakatni amerikalik Apache jangovar vertolyotining yöqotilişiga nisbatan «mutanosib javob» deb baholagan.

AQŞ prezidenti Donald Tramp ham ABC News telekanaliga bergan intervyusida mazkur qarorni himoya qildi.

«Javob juda kuçli va qat’iy bölişi kerak edi. Hozir aynan şunday bölmoqda», — dedi Tramp.

Eron janubida portlaşlar haqida xabarlar tarqaldi

Amerikaning Axios naşri ma’lumotlariga köra, zarbalarning asosiy nişonlari Hörmuz böğozi yaqinida joylaşgan Eron havo mudofaasi tizimlari va radar obektlari bölgan.

Eron ommaviy axborot vositalari mamlakat janubiy sohillarida bir neçta portlaşlar sodir bölganini xabar qildi. Tasnim agentligiga köra, Sirik va Minab şaharlari hamda Keşm oroli hududida kuçli portlaş ovozlari eşitilgan.

Eron taşqi işlar vaziri Abbos Araqçi AQŞ harakatlarini keskin qoralab, javob çoralari körilişini ma’lum qildi.

Uning ta’kidlaşiça, Eron qurolli kuçlari mamlakat xavfsizligiga qarşi qaratilgan har qanday tahdid yoki hujumni javobsiz qoldirmaydi.

Keyinroq Islom inqilobi muhofizlari korpusi (IIMK) AQŞning mintaqadagi obektlariga qarşi raketalar va uçuvçisiz apparatlar işga tuşirilganini ma’lum qildi.

AQŞ operatsiya yakunlanganini bildirdi

Bir neça soatdan keyin CENTCOM harbiy amaliyot tugallanganini e’lon qildi.

Ma’lum qilinişiça, AQŞ kuçlari Eronning havo mudofaasi obektlari, yerdagi boşqaruv punktlari va radiolokatsiya tizimlariga aniq zarbalar bergan.

Apache vertolyoti qanday halokatga uçragan?

Avvalroq Donald Tramp özining Truth Social tarmoğida Eronga qarşi javob çoralari körilişini ma’lum qilgan edi.

Uning aytişiça, Apache vertolyoti Hörmuz böğozida patrul xizmati vaqtida Eron harbiylari tomonidan urib tuşirilgan. Prezident ikki nafar uçuvçi tirik qolgani va xavfsiz joyga evakuatsiya qilinganini bildirgan.