Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«El-Klasiko» Neymarsiz o‘tadi. U diskvalifikatsiya qilindi
«Barselona» hujumchisi Neymar mavsum o‘yinlaridan biri bo‘lgan «El-Klasiko»ni o‘tkazib yuborishi rasman ma'lum bo‘ldi. U Ispaniya chempionatining 31-turi doirasida «Malaga»ga qarshi o‘yindagi harakati uchun 3ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi. Bu haqda Primera rasmiy saytida ma'lum qilindi.
Endilikda ushbu braziliyalik futbolchi «Real Sosedad» (15 aprel), «Real» (23 aprel) va «Osasuna»ga (26 aprel) qarshi uchrashuvlarni o‘tkazib yuboradi.
Neymar «Malaga»ga qarshi bellashuvning 27-daqiqasida ogohlantirilgandi (butsasini bog‘lash bahonasida hakamning aytganini qilmagani uchun), 65-daqiqada esa to‘pga yeta olmagach, raqibiga nisbatan qo‘pol o‘ynadi. Natijada o‘yin hakami Hil Mansano uni maydondan chetlatdi. Futbolchi maydondan chiqib keta turib, to‘rtinchi hakamga namoyishkoralik bilan qarsak chaldi va uning bu harakati hakamni haqoratlash sifatida baholandi.

Neymar «Malaga»ga qarshi o‘yinda hakamga nisbatan harakati uchun jazolanishi mumkin
Mavzuga oid
20:47 / 22.04.2026
«Barselona» sobiq hujumchisi Neymar firibgarlik ishi bo‘yicha oqlandi
16:38 / 25.10.2025
Ispaniyada klasiko, Italiyada favoritlar jangi. Hafta o‘yinlari anonsi
20:42 / 03.06.2025
Neymar qo‘l bilan gol urmoqchi bo‘ldi va qizil kartochka oldi
19:54 / 12.02.2025