Nazarboyev «MIR 24»ga eksklyuziv intervyu berdi
«MIR 24» telekanali Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevdan eksklyuziv intervyu oldi.
Nazarboyev, jumladan, KXShT (Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti) faoliyatiga doir savolga ham javob berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston jamoatchiligi boshqalardan o‘zlarining sabr-bardoshli ekanligi bilan ajralib turadi. Mamlakatda Mustaqillikning ilk kunlaridan etnik, diniy, til va madaniy ko‘rinishlaridan qat'inazar tenglik qoidasi bo‘yicha siyosat olib borilmoqda.
Nazarboyevning ta'kidlashicha, terrorchilik g‘oyasi mamlakatga "surbetlarcha" kirib kelmoqda. Shu boisdan ham diqqatli bo‘lish zarur.
Prezidentning yodga olishicha, qozog‘istonlik terrorchilar bir narsani unutmasliklari lozim, endi ular vatanlariga qayta olishmaydi va fuqarolikdan mahrum qilinadi.
Elboshi, shuningdek, terrorizmni Qozog‘iston uchun eng ulkan chaqiriq deb bilishini aytdi. Ikkinchi katta muammo – bu migratsiyadir. 600 mingga yaqin muhojirlar bilan ish olib borilmoqda. Uchinchisi – giyohvand moddalar savdosi bo‘lib, Afg‘onistondan boshqa mamlakatlarga, Qozog‘istonga, Rossiya va hatto Yevropaga yetkazilmoqda.
"Mana shu chaqiriqlar eng asosiylaridir. Ammo, biz faqat shu yo‘nalishda ish olib borayotganimiz yo‘q.
Birinchidan, harbiy kadrlarni o‘qitish amalga oshirilmoqda. Bizning yoshlar boshqa davlatlarda o‘qiyotgan bo‘lsa, qo‘shni mamlakatlar yoshlari bizning harbiy ta'lim muassasalarida tahsil olishmoqda. Kollektiv xavfsizlik shartnomasi sharoitida bir-birimizni imtiyozli ravishda qurol-aslahalar bilan ta'minlaymiz. Va albatta, bunda Rossiya qurol-yarog‘ tizimi ustunlikka ega", - deb ta'kidlagan Qozog‘iston rahbari.
Mavzuga oid
23:10 / 23.12.2024
Rossiya Qozog‘istonda 7 mln dollarlik firibgarlik ishida ayblanayotgan O‘zbekiston fuqarosini ekstraditsiya qildi
17:57 / 23.12.2024
Qozog‘istonda yo‘lda buzilib qolgan avtobusdan o‘zbekistonliklar qutqarildi
20:04 / 21.12.2024
G‘oyib bo‘lgan mashinalar ishi: asosiy figurant Abdulla Abdurasulovning sheriklari qamaldi, uning o‘zini tergovchi qo‘yib yuborgan
15:00 / 18.12.2024