Sport | 23:34 / 11.04.2017
9093
2 daqiqa o‘qiladi

OChL. «Bunyodkor» guruhdagi to‘rtinchi o‘yinda ham yutqazdi (guruh jadvali)

Osiyo Chempionlar Ligasi–2017 musobaqasi, S guruhi, 4-turida Toshkentning «Bunyodkor» jamoasi Isfaxonda «Zob Ahan» mehmoni bo‘ldi.

Foolad Shahr Stadium o‘yingohida o‘tkazilgan o‘yinda eronliklar jamoasi 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yinning 5-daqiqasida Vohid Muhammadzoda hisobni ochgan bo‘lsa, 54-daqiqada Murtazo Tabrizi «Zob Ahan» ustunligini oshirdi.

72-daqiqada Shahzobdek Nurmatovning boshi bilan bergan zarbasi golga aylandi va hisob qisqardi. Ammo o‘yin yakuniga qadar boshqa gol kiritilmadi va «Bunyodkor» 1:2 hisobidagi mag‘lubiyat bilan ortga qaytadigan bo‘ldi.

Ushbu g‘alabadan keyin «Zob Ahan» ochkolari sonini 7 taga yetkazib, guruhda 2-o‘ringa joylashdi. To‘rtta uchrashuvda umuman ochko jamg‘ara olmagan «Bunyodkor» esa guruhdan chiqish imkoniyatini yo‘qqa chiqardi.

OChL–2017. S guruhi, 4-tur
«Zob Ahan» – «Bunyodkor» 2:1
Gollar: Vohid Muhammadzoda (5), Murtazo Tabrizi (54) – Shahzodbek Nurmatov (72)
«Zob Ahan»: Muhammadrashid Mazaheri, Ali Hamam, Muhammad Najadmehdi, Vohid Muhammadzoda, Mehron Derakshan, Rizo Husayni (Hagverdi, 90), Danial Esmoilfar, Mahdi Mahdipur, Ehson Pahlavon, Murtazo Tabrizi, Jyerri Bengtson (Mehdi Rajabzoda, 82).
«Bunyodkor»: Murod Zuhurov, Rustamjon Ashurmatov, Akram Komilov, Javlon Mirabdullayev, Dilshodbek Ahmadaliyev, Dushan Michich (Dostonbek Hamdamov, 46), Sardorbek Azimov, Mirjamol Qosimov (Shahzodbek Nurmatov, 57), Otabek Shukurov, Xurshid G‘iyosov, Eldor Shomurodov.
Ogohlantirish: Otabek Shukurov (71).

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid