Sport | 00:12 / 12.04.2017
8465
2 daqiqa o‘qiladi

OChL. Odil Ahmedov jamoasi safarda kichik mag‘lubiyatga uchradi

Bugun Osiyo chempionlar ligasining 4-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi a'zosi Odil Ahmedov to‘p suradigan Xitoyning "Shanxay SIPG" klubi safarda Yaponiyaning "Urava Red Daymonds" klubiga imkoniyatni boy berdi. 

O‘zbekistonlik futbolchi o‘yinni to‘liq maydonda o‘tkazdi. 

"Urava Red Daymonds" - "Shanxay SIPG" 1:0

Gol: Rafael Silva (44).

"Urava Red Daymonds": Nishikava, Ugajin, Makino, Endo, Rafael Silva (Nasu 81), Kashivagi, Aoki (Li 69), Komai, Lyubiyankich (Muto 60), Abe, Morivaki.

"Shanxay SIPG": Yan Junlin, Vang Shenchao, Sai Xuikan (Jan Yi 77), Vu Li, Oskar, Elkeson, Lu Venjun, Fu Xuan (Jang Vei 61), Odil Ahmedov (Lin Juanyi 82), Shi Ke, Xe Guan.

Amalga oshirilmagan penalti: Oskar (65), (76).

Qolgan uchrashuvlarda quyidagi natijalar qayd etildi

Sidney Uonderers (Avs) 2-3 Seul (Kor)
Gollar:
77' Antonis T, 90+2' Skott – 4’ Xyun Li, 42’ Damjanovich (pen), 71’ Damjanovich

Chedju Yunayted (Kor) 1-3 Adelaida Yunayted (Avs)
Gollar:
8' Kruz – 7’ J. S Kim, 49’ Makgovan, 65’ Makgri

Tszyansu Saynti (Xit) 3-0 Gamba Osaka (Yapo)
Gollar:
3' Aleks Teysheyra, 7' Ramires, 43' Xon Chjin-Xo 

Азимжон Бердибеков
Tayyorlagan Азимжон Бердибеков
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid