Jahon | 00:17 / 12.04.2017
6086
1 daqiqa o‘qiladi

Poroshenko Yanukovichni sirtdan sud qilishga ruxsat beruvchi qonunni imzoladi

Ukraina Prezidenti Petro Poroshenko mamlakat Jinoyat kodeksiga o‘zgartirishlar kiritish haqidagi qonuni imzoladi. Endi ushbu o‘zgartirishga ko‘ra, mamlakatning sobiq prezidenti Viktor Yanukovich ustidan sirtdan sud o‘tkazish mumkin, deya xabar beradi UNIAN agentligi.

Ukraina bosh prokurori Yuriy Lutsenkoning ta'kidlashicha, ushbu qonun kuchga kirishi bilan 190 dan ortiq jinoiy ishni, jumladan, Ukrainaning  sobiq prezidenti va Rossiyaning 23 generali ustidan ishlarni ham sirtdan ko‘rib chiqish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Mart oyida Lutsenko Yanukovich sud oldida sirtdan javob berishini aytib o‘tgan edi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid