Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Zenit" bosh direktori yangi stadionda o‘ynashni istamayotanini tan oldi
"Zenit" yaqin oylar mobaynida o‘zining yangi arenasida o‘yinlarni o‘tkazishni istamayapti. Jamoaga hammadan ham, stadion chimining holati yoqmayapti.
Sankt-Peterburg klubi "Zenit-Arena"da 22 aprel kuni ilk o‘yinini o‘tkazadi, chunki klubning JCh-2018 tashkiliy qo‘mitasi oldida o‘z majburiyati bor. Biroq klub debyutni orqaroqqa surmoqchi. Bu haqda "Zenit" bosh direktori Maksim Mitrofanov ma'lum qilgan.
"Agar ochig‘ini aytadigan bo‘lsam, biz hozir bu stadionda o‘yinlarni o‘tkazishni istamagan bo‘lar edik. Biroq 2018 yilgi jahon chempionatini qabul qiladigan tomonlarning ma'lum bir majburiyatlari bor, Sankt-Peterburg esa ana shunday shaharlardan biri. Konfederatsiyalar kubogigacha stadionda kamida uchta tadbir o‘tkazilishi kerak, darvoqe, ularning aynan qanday tadbir ekanligini aniqlashtirilmagan, yuridik jihatdan bular albatta futbol o‘yinlari bo‘lishi ham shart emas. Formal jihatdan shahar FIFAga ikki tadbir o‘tkazib bera olishi mumkin — bayk-shou va konsert. Biroq bunga FIFA nima deb javob berishi mumkin? Maydondan foydalanmadingiz, stadion yoritish tizimini sinab ko‘rmadingiz, biz arenada aynan futbol o‘yinlari qanday o‘tishini ko‘rishni xohlaymiz demaydimi?" — deya Mirofanov gaplarini keltiradi "Fontanka".
"Zenit"ni "Krestovskiy"ga to‘shalgan chim sifati qoniqtirmayapti". O‘tgan haftada qurilish jarayonida tayyorlangan chim allaqachon yaroqsiz holatga kelib qolganligi haqida gap-so‘zlar paydo bo‘lgan edi. JCh-2018 tashkilotchilari bu ma'lumotni rad etishdi, biroq chim birmuncha talofat ko‘rganini Mirofanov ham tasdiqlagan.
"Tafsilotlarga to‘xtalib o‘tirmoqchi emasman, lekin aytishim mumkinki, stadion pudratchilari tomonidan tayyorlangan u chimlar nobud bo‘lib bo‘lgan. Hozirgisini "Zenit" mutaxassislari parvarish qilishmoqda. U biz kutgandek rivojlanmayapti. Chunki maydonning injyenerlik tizimlari to‘liq ishlamaydi va foydalanishga topshirilmagan. Boz ustiga, stadion tomini ham bir necha sabablarga ko‘ra ochib bo‘lmayapti. Maydonimizga toza havo yetishmayapti. Tomni 12-kuni ochib berishga va'da berishgan. Biz chim bemalol o‘sishi mumkin bo‘lgan ikki haftani yo‘qotib bo‘ldik", — degan "Zenit" bosh direktori.
Mitrofanovning so‘zlariga ko‘ra, maydonni loyihada belgilanganidek stadion tashqarisiga olib chiqish imkoniyati bo‘lganida chimni allaqachon risoladagidek qilib o‘stirib qo‘ygan bo‘lishardi, biroq buning iloji bo‘lmadi. Maydon ichkaridan olib chiqib, quyoshda toblantirilishi kerak bo‘lgan hududda "Rossiya-2018" tashkiliy qo‘mitasi mediashaharcha bunyod etgan, shu sababli maydonni olib chiqish uchun joy yo‘q. Mitrofanovning aytishicha, bu mediashaharcha 2018 yilgi jahon chempionati ochilishigacha o‘sha yerda turaveradi, xullas, Konfederatsiyalar kubogidan so‘ng ham, maydonni tashqariga chiqarib quyoshda toblantirish va shamollatishning imkoniyati bo‘lmaydi.
"Krestovskiy"da "Zenit" o‘zining ilk o‘yinini 22 aprelda o‘tkazadi. Shu kuni Sankt-peterburg klubi o‘z maydonida "Ural"ni qabul qiladi.
Mavzuga oid
14:48 / 12.02.2021
O‘rtoqlik uchrashuvi. O‘zbekiston milliy jamoasi «Zenit»ga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi
14:06 / 24.01.2021
O‘rtoqlik o‘yini. «Paxtakor» «Zenit»ga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi
00:53 / 06.07.2020
«Zenit» mehmonda «Krasnodar»ni yengib, Rossiya chempioni bo‘ldi. Ozmunda dubl
01:16 / 22.01.2020