Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy Shimoliy Koreya bilan chegaraga 160 ming askarni ko‘chirdi
160 ming nafar xitoylik askar Shimoliy Koreya bilan chegaraga ko‘chirildi. Bu haqda Life qator OAVga asosan xabar berdi.
Avvalroq Janubiy Koreya qirg‘oqlariga AQSh harbiy-dengiz kuchlari zarba guruhi yo‘l olgani haqida xabarlar berilgandi. Guruhda “Karl Vinson” atom aviatashuvchisi ham bor.
Koreya yarim orolidagi vaziyat so‘nggi haftalarda juda keskinlashdi. KXDR rahbari jurnalistlarni “katta va muhim hodisaga” tayyorgarlik ko‘rishlari bilan ogohlantirdi. OAVning taxminicha, gap yadro qurolini sinovdan o‘tkazish haqida bormoqda.
Avvalroq Shimoliy Koreya 15 aprel – mamlakat asoschisi Kim Ir Senning tug‘ilgan kunida yangi yadro sinovlarini o‘tkazishi mumkinligi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
09:06
Xitoy kosmosda insonning uzoq yashashini o‘rganmoqda
22:01 / 23.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Si Jingpingga hamdardlik bildirdi
12:04 / 23.05.2026
Xitoyda ko‘mir konidagi portlash oqibatida kamida 90 kishi halok bo‘ldi
10:31 / 22.05.2026