Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy kosmosda insonning uzoq yashashini o‘rganmoqda
Xitoyning inson ishtirokidagi “Shenchjou-23” kosmik kemasi mamlakatning “Tyangun” orbital stansiyasiga muvaffaqiyatli tutashdi. Yangi missiya doirasida taykonavtlar uzoq muddat kosmosda yashashning inson organizmiga ta’sirini o‘rganadi.
Xitoyning China Manned Space Agency ma’lum qilishicha, kema 25 may kuni Pekin vaqti bilan soat 02:45 da Tyangun stansiyasiga ulangan.
“Shenchjou-23” ekipaji tarkibiga missiya qo‘mondoni va bort muhandisi Chju Yanchju, uchuvchi Chjan Chjiyuan hamda yuk mutaxassisi Li Tszyain kiradi.
Ular 2025 yil oktyabridan beri stansiyada faoliyat yuritayotgan ekipajni almashtiradi va bir qator ilmiy tajribalar o‘tkazadi.
Ma’lum qilinishicha, missiya doirasida taykonavtlar kosmik nurlanishning inson organizmiga ta’siri, suyak to‘qimalarining zichligi kamayishi va psixologik stress kabi omillarni tadqiq qiladi.
Shuningdek, “Tyangun” stansiyasiga may oyida sun’iy embrionlarga o‘xshash hujayra to‘plamlari — blastoidlar ham yuborilgan. Olimlar bu orqali insonning kosmosda uzoq muddat yashashi va ko‘payishi imkoniyatlarini o‘rganmoqda.
Xabarda aytilishicha, ekipaj a’zolaridan biri stansiyada taxminan bir yil qolishi mumkin. Bu Xitoyning odatiy kosmik missiyalariga nisbatan deyarli ikki barobar uzoq muddat hisoblanadi.
Ekspertlar fikricha, mazkur tadqiqotlar Xitoyning 2030 yilgacha Oyga inson yuborish dasturi uchun muhim ahamiyatga ega.
Mavzuga oid
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
22:15 / 09.06.2026
Xitoyda ilk marta odamga cho‘chqaning ikkita buyragi va jigari muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazildi
21:33 / 09.06.2026
Xitoyning o‘nlab kompaniyalari Pentagonning qora ro‘yxatiga kiritildi
20:27 / 09.06.2026