Nazarboyev Qozog‘iston kelajagiga doir fikrlarini bildirdi
Qozog‘iston davlat rahbari Nursulton Nazarboyev "Kelajakka nazar: ijtimoiy ongning modernizatsiyasi" nomli kuchli va mas'uliyatli insonlar jamiyatini qanday barpo etish mumkinligi xususidagi qarashlari bilan o‘rtoqlashdi. Uning fikrlari Oqo‘rda saytida e'lon qilingan.
Prezident so‘zlariga ko‘ra, avvalroq e'lon qilingan islohotlar keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirishni nazarda tutadi va nafaqat davlatga, balki har bir qozog‘istonlikka bevosita daxldordir.
"Shu boisdan ham men, biz qanday qilib birgalikda, kuchli va mas'uliyatli insonlarning yagona jamiyatini barpo etish uchun kelajakka qadam tashlashimizga doir qarashlarimni siz bilan baham ko‘rishga qaror qildim", - deb yozadi Qozog‘iston yetakchisi.
Mavzuga oid
09:24
Qozog‘istonda o‘zini o‘zi mudofaa qilish va ko‘ngillilar tuzilmalari paydo bo‘ladi
15:30 / 31.10.2024
Qozog‘iston parlamenti Qozog‘iston va O‘zbekistonning ekologik tashabbuslari to‘g‘risidagi hujjatni ma’qulladi
21:48 / 30.10.2024
Qozog‘istonda davlat xizmatchilariga mukofot pullarini ajratish taqiqlandi
20:38 / 30.10.2024