Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Suriyadagi kimyoviy hujum haqidagi ma'lumotlarni "Al-Qoida"dan olgan
AQSh Suriyaning Xan-Shayxun shahrida sodir etilgan kimyoviy hujumga bag‘ishlangan, ya'ni Bashar Asad pozitsiyalariga berilgan javob zarbasiga rasmiy tushuntirish berilgan 4 sahifalik ma'ruzani chop etdi.
Vashingtonning ta'kidlashicha, Suriyaning bu hujumda aybdorligidan ijtimoiy tarmoqdagi xabarlar, razvedka ma'lumotlari, sun'iy yo‘ldoshdan olingan suratlar va "Chegara bilmas shifokorlar" tashkiloti bergan ma'lumotlar guvohlik bermoqda. To‘rtta holatdan ikkitasida bu ma'lumotlar "Jabhat Fath ash-Shom" guruhidan (avvalgi "Jabhat un Nusra", "Al-Qoida"ning Suriyadagi bo‘limi) olingan.
Suriya hukumatining rasmiy pozitsiyasi va AQSh nuqtai nazari o‘rtasida kamida bitta umumiy jihat bor: 2017 yil 4 aprelda jangarilar tomondan nazorat qilinuvchi Idlib viloyatida qirg‘in keltiruvchi noma'lum turdagi gaz purkalgan. Amerikaliklarning taxminiga ko‘ra, gap 2013 yilgacha Suriya armiyasida bo‘lgan zarin gazi haqida ketmoqda. Ularning aytishicha, ushbu zaharli moddali konteynerlar Rossiyadan sotib olingan Su-22 samolyotlarida tashlangan. Vashington buning isboti sifatida konteyner zarbasidan asfaltda qolgan o‘yiq suratini taqdim qilgan.
AQSh Asadning bu hujumga aloqadorligining ikkilamchi isbotlarining muhimligiga ishonmoqda: 4 apreldagi hujumdan keyin internet ushbu hujumdan jabrlanganlarning suratlari bilan to‘lib ketgan. Jabrlanganlardan ba'zilari Turkiyaga yetkazilgan. Turk shifokorlari gaz bilan zaharlanish holatini qayd qilishgan. Bundan Idlibdagi jangarilar taqdim qilgan qon namunalari ham darak bermoqda. Ma'ruzada bu isbotlar asosida "muxolifat kimyoviy hujumlar haqidagi barcha xabarlarni soxtalashtira olmagani" ta'kidlangan. Ularga buning uchun ko‘plab OAV va huquq tashkilotlarini yanglishtiruvchi rejalashtirilgan kampaniya talab qilingan va shu bilan birga bu harakatlarni hech kim fosh qila olmasligi kerak bo‘lardi.
AQShning ma'lumotlariga ko‘ra, Suriyaning kimyoviy qurol bo‘yicha mutaxassislari 4 aprelda Shayrat bazasida bo‘lganlar va Damashq aynan shu bazadan Xon-Shayxunga zarba bergan bo‘lishi mumkin. AQShning ta'kidlashicha, "IShID bir necha marotaba iprit gazi ishlatganiga qaramasdan, aynan u ushbu hujum uchun javobgar ekanligining yoki bu hujumda qo‘llangan kimyoviy moddalarga ega bo‘lganining isbotlari yo‘qdir".
Mavzuga oid
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
09:45 / 23.06.2026
Shveytsariyadagi muzokaralardan so‘ng Eron nefti uchun yo‘l ochildi
22:25 / 22.06.2026
AQSh Eronga neft sotishga vaqtincha ruxsat berdi
13:28 / 22.06.2026