Iqtisodiyot | 09:02 / 14.04.2017
5919
1 daqiqa o‘qiladi

Boeing 737 MAX 9 samolyotining birinchi sinov parvozi muvaffaqiyatli o‘tdi

Foto: AFP

Boeing 737 MAX samolyoti 13 aprelda Pyujyet-Saund (Shimoliy Amerika sohilbo‘yi) ustidan birinchi sinov parvozini o‘tkazdi va shu tariqa samolyotning sinov parvozlari dasturi jadval bo‘yicha o‘tmoqda, deb ma'lum qildi Boeing kompaniyasi. 

Samolyotning parvozi mahalliy vaqt bilan 13 aprel soat 10:52da boshlandi va samolyot kompaniyaning Vashingtondagi aerodromiga 13:34da qo‘ndi.  

Yangi Boeing 737 MAX 9 samolyoti Boeing 737 MAX samolyotlar oilasiga kiradi hamda 178 yo‘lovchini tashishga mo‘ljallangan. Samolyot Boeing 737-900ER modelining o‘rnini egallashi kerak. Samolyotning uchish uzoqligi 6,5 ming km ni, kreyser tezligi 842 km/soatni tashkil qiladi. Boeing samolyot 2018 yildan boshlab ekspluatatsiyaga kiritilishiga umid qilmoqda. 

Bu oiladagi samolyotlarga butun dunyo bo‘ylab buyurtmalar portfeli 3,6 ming samolyotni tashkil qiladi.   

Mavzuga oid