Sport | 09:51 / 14.04.2017
5119
1 daqiqa o‘qiladi
Qozog‘istonlik tennischi meldoniy sababli ikki yilga musobaqalardan chetlatildi
Qozog‘istonlik tennischi Arsan Arashov taqiqlangan meldoniy moddasini qabul qilgani uchun ikki yilga musobaqalardan chetlatildi. Bu haqda Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) matbuot xizmati ma'lum qildi.
Taqiqlangan modda 17 yoshli tennischining 2016 yil 9 iyulda Ispaniyadagi musobaqada olingan doping-namunasida aniqlangandi. Shundan keyin Arashov 2016 yil 30 sentabrgacha musobaqalardan vaqtinchalik chetlatilgandi. Tennischining chetlatilishi muddati 2019 yil 29 sentabrda tugaydi.
Arashov jahon reytingida 1792-o‘rinni egallab kelayotgandi.
Meldoniy 2016 yil 1 yanvardan Butunjahon aksildoping agentligining taqiqlangan moddalar ro‘yxatiga kiritilgan.
Mavzuga oid
15:59 / 24.06.2021
O‘zbekistonlik sambochi Dilshod Choriyev 4 yilga diskvalifikatsiya qilindi
15:54 / 07.02.2017
Efiopiyalik yengil atletikachi meldoniy qabul qilgani uchun 5 yilga qamalishi mumkin
00:29 / 18.08.2016