Joriy yilning 25 mart kuni Rossiya poytaxti Moskva şahrida sambo böyiça «Memorial Xarlampiyev» nomli jahon kubogi bahslari ötkazilgan bölib, mazkur turnirda özbekistonlik samboçilar 2ta oltin, 6ta kumuş va 1ta bronza medalini qölga kiritgan edi.
Milliy antidoping agentligi matbuot xizmati xabariga köra, uşbu xalqaro turnirda -98 kg vaznda ikkinçi örinni egallagan Dilşod Çoriyevdan (sportça sambo) olingan doping-sinamada “meldoniy” taqiqlangan moddasi aniqlangani sababli tekşiruv boşlangan.
FIAS Xalqaro sambo federatsiyasining 2021 yil 23 iyun kunidagi ma'lumotiga köra, sambo böyiça Özbekiston terma jamoasi a'zosi Dilşod Çoriyevning doping-sinamasida aniqlangan “meldoniy” taqiqlangan moddasi yuzasidan FIAS Axloq böyiça komissiyasi yakuniy qarorni qabul qildi.
Uşbu qarorga köra, FIAS Xalqaro sambo federatsiyasining Antidoping qoidalariga muvofiq, Dilşod Çoriyev 4 yil muddatga diskvalifikatsiya qilindi. Sportçi 2021 yil 7 maydan boşlab, 2025 yil 6 mayga qadar barça sport tadbirlarida iştirok etmaydigan böldi.
Butunjahon antidoping agentligining Taqiqlangan röyxatida meldoniy 2016 yildan beri röyxatning “S4. Metabolizm gormonlari va modulyatorlari” guruhiga kiritilgan doping moddasidir.








