Jahon | 15:48 / 14.04.2017
22116
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: Xitoy urush bo‘lib qolsa KXDRga yordam bermaydi

Xitoy Amerika qurolli kuchlari Shimoliy Koreyaga zarba berishga qaror qilsa, KXDRga yordam bermasligi mumkin. Bu haqda South China Morning Post nashri yozmoqda

Gazetaning yozishicha, garchi 1961 yilda ikki mamlakat o‘rtasida do‘stlik, hamkorlik va o‘zaro yordam to‘g‘risida Shartnoma bo‘lsa-da, Pxenyan yadro qurolini tarqatmaslik tartibiga rioya qilishdan bosh tortdi. Shu bilan ikki tomonlama kelishuvning mintaqadagi tinchlik va barqarorlik garovi bo‘lmish shartlaridan biri buzildi. 

"Urush boshlangudek bo‘lsa, Pekinning Pxenyanga yordam berishi qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida biror narsa deyish qiyin. Chunki, KXDR ikki tomonlama kelishuv bandini buzgan holda, yadro quroli ustida ishlamoqda", - deydi pekinlik harbiy tahlilchi Li Tsze.

Shanxay shahridan ekspert Ni Lesyunga ko‘ra, Xitoy nazariy jihatdan, agar amerikaliklar KXDRga bostirib kirsa, Pxenyanga ko‘mak berishi kerak, ammo Shimoliy Koreyaning yadro qurolini tarqatmaslik kelishuvini buzgani, Pekinning bu imkoniyatdan foydalanmasligiga jiddiy asos bo‘la oladi".

Shu bilan bir vaqtda, kuzatuvchilar keng qamrovli jangovar harakatlar ehtimoli kam, deb hisoblashmoqda. AQSh buning o‘rniga bir nechta ogohlantiruvchi raketa zarbalari berishi mumkin. 

"Bu holda, Xitoy muammodan osongina qutiladi hamda KXDRga yordam berish uchun barcha quruqlikdagi quchlarini safarbar etmaydi. "Ammo, harbiy mojaro yuz bergudek bo‘lsa, Xitoy tomoni Pxenyanga oziq-ovqat va qurol-yarog‘lar, masalan, eski tanklar bilan yordam berishi mumkin", - deb yozadi nashr. 

"Xitoy Pxenyandagi tuzumning qulashi qochoqlarning Xitoyga oqimi kuchayishidan xavotirlanmoqda", - deya xulosa qiladi South China Morning Post. 

Mavzuga oid