Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Afg‘onistondagi IShIDga berilgan zarbalarni izohladi
AQSh prezidenti Donald Tramp Amerika harbiylarining Afg‘onistondagi IShID bo‘linmalariga bergan zarbalarini "juda muvaffaqiyatli ijro etilgan vazifa" deb atadi.
"Nima bo‘lganini hamma aniq biladi. Men nima qilayapman? Men harbiylarga buyruq beraman. Bizda dunyodagi eng buyuk qurolli kuchlar bor va ular, odatdagidek, o‘z ishlarini qilmoqda. Biz ularga huquq berganmiz, bu esa, ular hozirda amalga oshirayotgan ishdir", — degan Tramp jurnalistlarga.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu "navbatdagi juda, juda muvaffaqiyatli uddalangan vazifa bo‘ldi".
Avvalroq, Pentagonda ma'lum qilganlaridek, AQSh Afg‘onistondagi IShID tunnellariga eng kuchli GBU-43 noyadro bombasini tashlab, birinchi marta jangovar sharoitlarda qo‘llagan edi. 9,5 tonnalik bomba MC-130 samolyotidan tashlandi. Umuman, xabarlarga ko‘ra, AQSh qurolli kuchlarida 15 dona shunday bomba bor.
Mavzuga oid
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
09:45 / 23.06.2026
Shveytsariyadagi muzokaralardan so‘ng Eron nefti uchun yo‘l ochildi
22:25 / 22.06.2026
AQSh Eronga neft sotishga vaqtincha ruxsat berdi
18:19 / 22.06.2026