Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Bunyodkor»da ham jiddiy o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda
Toshkentning yana bir jamoasi «Bunyodkor»da ham tub islohotlar bo‘lishi ko‘zda tutilayapti. Bu haqda Championat.asia sayti xabar bergan.
Manba bergan xabarga ko‘ra, jamoaning 2017 yildagi qoniqarsiz natijalaridan so‘ng klubda yangilanish davri boshlanishi mumkin. Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko‘ra, Murod Aliyev klub strukturasida ish boshlashi mumkin. Aliyevning aynan qaysi lavozimda faoliyat olib borishi borasida aniq axborot mavjud emas.
Shu bilan birga Sergey Lushanning ham «Bunyodkor» bosh murabbiy sifatidagi so‘nggi o‘yinlari o‘tkazayotganini ta'kidlab o‘tish mumkin. Jamoa homiylari OChLning 5-tur uchrashuvida qoniqarsiz natija qayd etilsa murabbiylar shtabida o‘zgarish bo‘lishi mumkinligi haqida klubdagilarni ogohlantirgan.
Agar Murod Aliyev klubda faoliyat boshlasa, Mirjalol Qosimov ham «qaldirg‘ochlar» safiga qaytishi mumkin.
Mavzuga oid
12:06 / 25.11.2025
Fabio Kannavaro va Mirjalol Qosimov JCh–2026 qur’asi marosimida ishtirok etadi
16:40 / 16.10.2025
Sadriddin Hasanov dunyoning eng yaxshi yosh futbolchilari qatoriga kirdi
14:18 / 23.09.2025
«Bunyodkor» klubi murabbiyi vafot etdi
08:16 / 24.03.2025