Toşkentning yana bir jamoasi «Bunyodkor»da ham tub islohotlar bölişi közda tutilayapti. Bu haqda Championat.asia sayti xabar bergan.

Manba bergan xabarga köra, jamoaning 2017 yildagi qoniqarsiz natijalaridan söng klubda yangilaniş davri boşlanişi mumkin. Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga köra, Murod Aliyev klub strukturasida iş boşlaşi mumkin. Aliyevning aynan qaysi lavozimda faoliyat olib borişi borasida aniq axborot mavjud emas. 

Şu bilan birga Sergey Luşanning ham «Bunyodkor» boş murabbiy sifatidagi sönggi öyinlari ötkazayotganini ta'kidlab ötiş mumkin. Jamoa homiylari OÇLning 5-tur uçraşuvida qoniqarsiz natija qayd etilsa murabbiylar ştabida özgariş bölişi mumkinligi haqida klubdagilarni ogohlantirgan.

Agar Murod Aliyev klubda faoliyat boşlasa, Mirjalol Qosimov ham «qaldirğoçlar» safiga qaytişi mumkin.