Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Barselona» – «Yuventus» uchrashuvini boshqarib boradigan hakam aniq bo‘ldi
UYeFA hakamlar qo‘mitasi Yevropa chempionlar ligasining 1/4 finalidan o‘rin olgan ikki uchrashuvni boshqarib boradigan hakamlar nomini e'lon qildi.
Unga ko‘ra, «Barselona» va «Yuventus» (dastlabki uchrashuv – 0:3) uchrashuvini niderlandlar vakili Born Kuypers boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. 44 yoshli referi 7 marotaba kataloniyaliklar o‘yinini boshqarib borgan (3 g‘alaba, 3 durang, 1 mag‘lubiyat). Turinliklar ishtirokidagi o‘yinlarda esa 4 marta (3 durang, 1 mag‘lubiyat) ishlagan.

«Monako» va «Borussiya» jamoalari o‘rtasidagi to‘qnashuvda (dastlabki uchrashuv – 3:2) esa sloveniyalik Damir Skomina brigadasi ishlaydi.
Eslatib o‘tamiz, uchrashuvlar 19 aprel kuni Toshkent vaqti bilan 23.45da boshlanadi.
Mavzuga oid
20:37 / 16.05.2026
Levandovski «Barselona»ni tark etishini e’lon qildi
02:34 / 11.05.2026
"Barselona" "Real" bilan o‘yinda Ispaniya chempioniga aylandi. Bunaqasi ilk bor ro‘y berdi
20:32 / 10.05.2026
“Barselona” bosh murabbiyining otasi “El Klasiko” kunida vafot etdi
11:26 / 03.05.2026