Jamiyat | 00:01 / 17.04.2017
9561
1 daqiqa o‘qiladi

Karuselda yotib uchishni xush ko‘radigan qiz internet yulduziga aylandi

Internetda "karuselda uchishdan charchagan, biroq buni tan olishni istamayotgan qizcha" videosi paydo bo‘ldi.

Videodan ko‘rinishicha, qizcha uchishni davom ettirishni istamoqda va karuselning ustunlaridan birini ushlab, yerga yotgancha u bilan birga aylanmoqda.

Feysbukda joylashtirilgan bu videoni ikki kun ichida 90 mln dan ko‘proq odam ko‘rgan.

Biroq hamma foydalanuvchilar ham bu holatdan zavqlanishmagan va qizchaning mazasi qochib, u bexush holda yotgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilishgan. Biroq ko‘pchilik odamlar qizcha qiliq qilyapti yoki uxlab qolgan degan fikrga kelib, bu vaziyatga tabassum bilan qarashgan. Ularning fikricha, qizcha arg‘umchoq uchish yoki uxlashdan qaysi birini ko‘proq istayotganini bilolmay shunday yo‘l tutgan. Video ortida eshitilayotgan kulgu ovozidan ham shunday xulosaga kelish mumkin.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid