Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahridagi YTH natijasida bir oiladan ikki kishi halok bo‘ldi
13 aprel kuni soat 14:30 atrofida Toshkent shahar Mirzo-Ulug‘bek tumani, Buyuk Ipak Yo‘li ko‘chasida haydovchi Olmazor tumanida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan A.N. «Lasetti» rusumli avtomobilini boshqarayotib, rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi daraxtga urilgan.
Natijada haydovchi A.N. voqea joyida halok bo‘lgan, uning farzandlari - 2017 yilda tug‘ilgan A.A. kasalxonada vafot etgan, 2008 yilda tug‘ilgan A.D. hamda bir manzilda yashovchi, 1982 yilda tug‘ilgan E.O.lar tan jarohati olib, kasalxonaga joylashtirilgan. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Matbuot bo‘linmasi boshlig‘i podpolkovnik A.S.Sulaymonxo‘jayev xabar berdi.
Shuningdek, 14 aprel kuni soat 22:30 atrofida Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumani hududidan o‘tuvchi “Toshkent-To‘ytepa-Ohangaron» avtomobil yo‘lining 36-kilometrida O‘rtachirchiq tumanida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan haydovchi T.J. «Neksiya» rusumli avtomobilda boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan To‘ytepa shahrida yashovchi, 1990 yilda tug‘ilgan A.J. boshqaruvidagi «VAZ-2107» rusumli avtomobili bilan to‘qnashuv sodir etgan.
YTH natijada «NeKSIYa» rusumli avtomobil haydovchisi voqea joyida halok bo‘lgan. Yo‘lovchilari Bo‘ka tumanida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan P.U., O‘rtachirchiq tumanida yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan T.K. hamda «VAZ-2107» rusumli avtomobil haydovchisi A.J.lar turli darajadagi tan jarohatlari olib, kasalxonaga joylashtirilgan.
Mavzuga oid
14:06 / 11.06.2026
Qamchiq dovonida avtomobil jarlikka tushib ketdi
14:02 / 09.06.2026
Qozog‘istonda YTHga uchragan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
13:47 / 09.06.2026
Navoiyda Tico yuk mashinasi yo‘liga chiqib ketdi
21:03 / 06.06.2026