Daniel Alves: Bu men uchun achchiq quvonch
«Yuventus» himoyachisi Daniel Alves sobiq jamoasi «Barselona» Chempionlar Ligasidan chiqarib yuborilganidan keyingi fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Juda qiyin bo‘ldi, men jamoadoshlarim uchun xursandman. Bu kecha menga achchiq va alamli quvonch keltirdi. Chunki ko‘p yillar davomida o‘ynaganim stadionga qaytdim, xotiralar meni chulg‘ab oldi. Bundan tashqari, do‘stlarimning xafaligini ko‘rib qayg‘uga botdim.
Bu og‘ir, lekin bu futbolning bir qismi. O‘yindan so‘ng, shu gaplar bilan Neymarni yupatdim. Avval «Barselona»ga duch kelishni istamayman deb ko‘p aytar edim, biroq bunday holatlarda hissiyotlarni maydon tashqarisida qoldirgan ma'qul.
Har kim o‘z jamoasi sharafini himoya qilmog‘i kerak. Bu mag‘lubiyatni ortda qoldirib, olg‘a davom etish kerak», deya Alvesning so‘zlarini keltirgan Football Italia.
Mavzuga oid
12:02 / 22.12.2024
«Barsa»da inqiroz, «Siti»da antirekord. Kun o‘yinlari
12:24 / 16.12.2024
«Barsa» yana autsayderga yutqazdi, «Siti» kambek qurboni. Kun o‘yinlari
11:17 / 12.12.2024
«Siti» yana yutqazdi, «Barsa»da muhim g‘alaba. YeChLda kun o‘yinlari
12:04 / 08.12.2024