Sport | 20:48 / 20.04.2017
8503
1 daqiqa o‘qiladi

Foto: "Zenit" yangi stadiondan foydalana boshladi

Rossiyaning "Zenit" klubi yangi qurilgan "Krestovskiy" stadionida ilk mashg‘ulotlarini o‘tkazdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, "Zenit" "Krestovskiy" stadionida 20 daqiqa davomida shug‘ullangan. Mashg‘ulotlar asosan to‘p bilan ishlash jarayonini o‘z ichiga olgan.

Eslatib o‘tamiz, yangi arenada "Zenit" ilk uchrashuvini 22 aprel kuni Yekaterinburgning "Ural" jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 16:00da boshlanadi.

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid