Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mo‘'jiza takrorlanmadi. «Barselona» YeChLni tark etdi
Yevropa chempionlar ligasining 1/4 finalidan o‘rin olgan yana bir uchrashuv yakunlandi. «Kamp Nou»da kechgan uchrashuvda «Barselona» yana bir bor mo‘'jiza ko‘rsatishga harakat qilib ko‘rdi.
Uchrashuvning dastlabki daqiqalaridan boshlab oldinga intilgan «Barselona» butun uchrashuv davomida «Yuventus» darvozasi oldida vaziyatlar yaratishga harakat qildi. Biroq 90 daqiqa davomida Buffon qo‘riqlayotgan darvoza tomon yo‘l topa olmadi.
Natijada «Yuventus» birinchi o‘yinda qo‘lga kiritgan 3:0 hisobidagi g‘alaba evaziga yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.





Yevropa chempionlar ligasi, 1/4 final
Javob uchrashuvi
Barselona (Ispaniya) – Yuventus (Italiya) 0:0
Barselona: ter Shtegen, Umtiti, Pike, Alba, Serdji Roberto (Maskerano, 78), Rakitich (Pako Alkaser, 58), Buskets, Inesta, Neymar, Messi, Suares.
Yuventus: Buffon, Bonuchchi, Aleks Sandro, Dani Alves, Kellini, Xedira, Pyanich, Kuadrado (Lemina, 84), Mandjukich, Dibala (Bardzali, 75), Iguain (Asamoa, 88).
Ogohlantirishlar: Inesta (41), Neymar (44), Kellini (57), Xedira (64).
Dastlabki uchrashuv: 0:3
Mavzuga oid
20:37 / 16.05.2026
Levandovski «Barselona»ni tark etishini e’lon qildi
02:34 / 11.05.2026
"Barselona" "Real" bilan o‘yinda Ispaniya chempioniga aylandi. Bunaqasi ilk bor ro‘y berdi
20:32 / 10.05.2026
“Barselona” bosh murabbiyining otasi “El Klasiko” kunida vafot etdi
11:26 / 03.05.2026