Jamiyat | 09:42 / 22.04.2017
46284
1 daqiqa o‘qiladi

Moskva viloyatida ishlash uchun beriladigan patent narxi o‘zgardi

2017 yil 17 apreldan patent olish uchun hujjatlar tayyorlash bo‘yicha kompleks xizmatlar qiymati o‘zgardi. Bu haqda Moskva viloyati Yagona migratsiya markazi xabar berdi.

17 apreldan boshlab Moskva viloyati Yagona migratsiya markazida patent narxi 11,4 ming rublga qadar tushirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyada xorijiy davlat fuqarosi ishlash uchun patentni bir oydan bir yil muddatga qadar olishi mumkin. Patentni qayta rasmiylashtirish uchun esa, uning muddati yakunlanishidan kamida 16 kun oldin Yagona migratsiya markaziga murojaat qilish lozim.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid