Jahon | 01:22 / 24.04.2017
5079
2 daqiqa o‘qiladi

Le Pen Fransiyadagi saylovlarda yetakchilik qilmoqda

Foto: REUTERS / Pascal Rossignol

"Milliy front" partiyasi raisi Marin Le Pen Fransiya prezidenti saylovlarining 1-bosqichida yetakchilik qilmoqda. Bundan saylovlarni tashkillashtirish va ularga yakun yasashga javobgar bo‘lgan Fransiya ichki ishlar vazirligining rasmiy ma'lumotlari darak bermoqda.

30 foiz ovozlar hisob-kitob qilingach, Le Pen 24,78 foiz ovoz to‘pladi. Uning asosiy raqiblari Emmanuel Makron 21,75 foiz, Fransua Fiyon 19,65 foiz, Jan-Lyuk Melanshon esa 17,96 foiz ovoz to‘plashga muvaffaq bo‘ldilar.

Shu tariqa, saylovlarning 2-bosqichiga Le Pen va Makron o‘tmoqda.

Dastlabki natijalar e'lon qilingandan keyin Le Pen u va uning tarafdorlari Yelisey saroyiga yo‘lda birinchi bosqichni bosib o‘tishganini aytdi. Uning aytishicha, 2-bosqichda u "xalq nomzodi" bo‘ladi.

"Sizning oldingizda oddiy tanlov turibdi: himoyasiz, chegarasiz davlat, jahon raqobati, ommaviy migratsiya yoki chegaralarga ega, bizning ishchi o‘rinlarni, xaridorlik qobiliyatimizni, xavfsizlik va suverenitetimizni himoya qila oladigan Fransiya", deb aytdi Le Pen.

Makron, o‘z navbatida, Fransiya bugun "siyosiy hayotida yangi sahifa ochayotganini" aytdi. Uning ta'kidlashicha, "fransuzlar o‘zlarining yangilanishga bo‘lgan istaklarini bildirdilar".

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid