Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: Xitoyda Airbus A320 raqobatchisini sinovdan o‘tkazish boshlandi
Xitoyning Commercial Aircraft Corporation of China kompaniyasi tomonidan Comac C919 samolyoti ishlab chiqilmoqda. Bu tor fyuzelajli samolyot 168 o‘ringa mo‘ljallangan, biroq muhandislar kelajakda uning asosida 190 yo‘lovchiga mo‘ljallangan boshqa modellarni ham ishlab chiqish niyatida. Kecha Xitoy kompaniyasi C919 birinchi parvoz sinovlarini boshlagani haqida xabar berdi. Keyinchalik esa Sinxua agentligi tajriba parvozi tasvirlangan videoni taqdim etdi.
Xitoy hukumati ishlab chiqish jarayonini qo‘llab-quvvatlab turdi. Comac C919 prototipi 2015 yilgi ko‘rgazmada ilk bora namoyish etilganida, u bilan xaridorlar darhol qiziqib qolishdi, taqdimotdan so‘ng esa unga 500 dan ortiq buyurtma kelib tushdi.
Commercial Aircraft Corporation of China kompaniyasida ta'kidlashlaricha, u ancha past qiymati tufayli Airbus A320 va Boeing 737’ga raqobatchi bo‘lishi hamda samolyotlarning zamonaviy bozorida eng talabgir laynerga aylanishi mumkin.
Samolyot uzunligi – 39, qanotiniki esa – 36 metr bo‘lib, parvoz o‘rtacha masofasi – 4075 kilometrga teng. Seriyali ishlab chiqarish 2019 yildan boshlanadi.
Mavzuga oid
22:01 / 23.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Si Jingpingga hamdardlik bildirdi
12:04 / 23.05.2026
Xitoyda ko‘mir konidagi portlash oqibatida kamida 90 kishi halok bo‘ldi
10:31 / 22.05.2026
Xitoy O‘zbekistondan 10 turdagi quritilgan sabzavotlarni olib kirishga ruxsat berdi
21:56 / 20.05.2026