Jahon | 08:04 / 27.04.2017
11987
1 daqiqa o‘qiladi

Fotojamlanma: Poroshenko va Lukashenko Chernobil AESda uchrashuv o‘tkazishdi

Foto:Reuters

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko va Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Chernobil AESda yuz bergan avariyaning 31 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar doirasida uchrashishdi. Ikki davlat yetakchisi atom stansiyasiga va uning atrofida joylashgan obektlarga tashrif buyurishdi.

Uchrashuv davomida Lukashenko Poroshenkoni hech kim Belarusni Ukrainaga qarshi jangga torta olmasligiga ishontirdi. "Biz uchun, mening bunga ishonchim komil, Ukraina-Belarus chegarasi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, ishonchli hamkorlik, tinchlik chegarasi bo‘lgani va hamisha shunday bo‘lib qolishi juda muhimdir. Men ta'kidlamoqchimanki, hech kim hech qachon Belarusni Ukrainaga qarshi jangga torta olmasligi xususida Belarus prezidentidan qat'iy va'da oldim", deb aytdi Poroshenko. 

Reuters
Reuters
TASS
Reuters
TASS
TASS
Reuters

 

Mavzuga oid