Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliyada haydovchi namoyishchilarni bosib ketdi (video)
Braziliyada haydovchi San-Joze-dus-Kampus shahri yaqinidagi trassani to‘sib olgan namoyishchilarni mashinada urib ketdi. Ushbu voqeaning videosi YouTube’da joylashtirildi.
Videoda mamlakatda mehnat qonunchiligi islohotlari va pensiya yoshining oshirilishiga qarshi chiqayotgan bir necha namoyishchi yo‘lni to‘sib olib, mashinalarning o‘tib ketishiga yo‘l bermayotganini ko‘rish mumkin.
Shunda haydovchilardan biri olomon orasidan o‘tib ketishga qaror qilib, odamlar tomon asta-sekin yo‘nala boshlagan. Biroq bir necha kishi mashina kapotiga tiranib olib, uning o‘tib ketishiga to‘sqinlik qilgan. Shunda haydovchi gaz tepkisini keskin bosib, bir necha kishini urib, ularning ustidan o‘tib ketgan.
OAV ma'lumotlariga ko‘ra, oqibatda ikki ayol jarohat olgan. Haydovchi politsiya tomondan qo‘lga olingan.
Mavzuga oid
10:24 / 24.05.2026
$57 millionlik ezgu tashabbus va IIVdagi ikki xil standart - hafta dayjesti
15:05 / 19.05.2026
Piyodaning yo‘lini to‘sgan haydovchi guvohnomasidan ayrildi
19:13 / 17.05.2026
Dunyodagi eng keksa opa-singillar Braziliyada yashayotgani ma’lum bo‘ldi
12:22 / 16.05.2026