Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gretsiyada 1 may dam olish kuni deb e'lon qilindi
Gretsiyada bugun birinchi may kuniga bag‘ishlangan miting va namoyishlar bo‘lib o‘tadi. 1 may kuni jamoat transportining bir qismi ishlaydi, kema va poyezdlar harakati esa to‘xtagan.
Gretsiyada 1 may kuni rasman bayram munosabati bilan dam olish kuni deb e'lon qilingandi, biroq an'anaga ko‘ra, kasaba uyushmalari bu kunda 24-soatlik ish tashlash e'lon qiladilar. Eng ko‘p muammolar jamoat transporti yo‘lovchilarida kelib chiqadi. Afina shahrida butun kun davomida trolleybuslar ham yurmaydi. Avtobus haydovchilari esa soat ertalabki 9.00 dan kechki 21.00 ga qadar ish tashlash o‘tkazadi.
Poyezdlar va ko‘pchilik orollar bilan qatnov uchun yagona vosita bo‘lgan kemalar ham harakatlanmaydi.
Afina shahri markazida esa mitinglar o‘tkaziladi. Kasaba uyushmalari fuqarolarni Klaftmonas maydonida soat 11.00 da yig‘ilishga chaqirmoqda. Taxminlarga ko‘ra, miting va namoyishlarda ko‘plab insonlar qatnashadi, sababi hukumat yangi qattiq iqtisodiyot choralarini ovoz berish jarayoniga olib chiqmoqchi.
Mavzuga oid
08:22 / 06.06.2026
Ukraina Gretsiyaga diplomatik izoh berdi
21:20 / 20.05.2026
O‘zbekistonda 27 may – Qurbon hayiti bayrami sifatida nishonlanadi
08:53 / 06.03.2026
8 mart munosabati bilan o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?
09:46 / 21.02.2026