Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesuelada noroziliklar ortida eng kam ish haqi 60 foizga oshirildi
Venesuela prezidenti Nikolas Maduro 30 aprelda ommaviy noroziliklar ortida eng kam ish haqining 60 foizga oshirilishini e'lon qildi.
1 maydan boshlab bu Lotin Amerikasi davlatida minimal oylik avvalgi 40638 bolivar o‘rniga 65021 bolivarni tashkil qiladi va asosiy oziq-ovqatlarni xarid qilish uchun ajratiladigan 135 ming bolivar bilan birga 200 ming bolivarga yetadi, deb xabar bermoqda Noticias24 portali.
Shuningdek, ilk marotaba 19506 bolivar miqdorida qo‘shimcha pensiya to‘lovlari kiritilmoqda.
Eng kam ish haqining joriy oshirilishi 2017 yildagi uchinchisi bo‘ladi va yuqori inflyatsiya sababli amalga oshirilmoqda. Hozirda Venesuelada bolivarning dollarga nisbatan bir necha kursi amal qiladi. Rasmiy kurs bo‘yicha 1 dollar 10 bolivarni tashkil qiladi, biroq uning "qora bozordagi" qiymati 4,2 ming bolivarga yetmoqda. Bu kurs bo‘yicha esa mamlakatdagi minimal oylik 47 dollarni tashkil qiladi.
Mavzuga oid
23:19 / 14.05.2026
Maduro qamoqda 18 kishilik umumiy kamerada o‘tirgani aytildi
10:19 / 09.05.2026
AQSh Venesueladan boyitilgan uran zaxiralarini olib chiqdi
19:07 / 25.04.2026
AQSh Venesuela hukumatiga Maduroning himoyasi uchun haq to‘lashga ruxsat berdi
21:07 / 30.03.2026