Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Joshua to‘ng‘ich Klichkodan ukasini qasos jangi fikridan qaytarishni so‘radi
Uch boksyorlik assotsiatsiyasi tasnifi bo‘yicha o‘ta og‘ir vaznda jahonning yangi chempioni Entoni Joshua Vladimir Klichkoning atrofidagilarni «Uembli»da yengilgan bokschini qayta jang o‘tkazish fikridan qaytarishni so‘ragan.
«Fikrimcha, u baribir qayta jang uyushtirilishini xohlab qoladi. Chunki jangchi to‘xtatish kerakligini anglab yetuvchi eng so‘nggi odam. Biroq uning atrofida unga maslahat beruvchi insonlar — suyukli yori, akasi bor. Ular unga qasos jangi o‘tkazmasligini maslahat berishlari kerak», — deya britaniyalik bokschining so‘zlarini keltiradi Boxingscene.com portali.
Joshuaning qayd etishicha, u Vladimir Klichkoni inson va bokschi sifatida nihoyatda hurmat qiladi, biroq ukrainalik bokschi yana ringga chiqishni istasa, u albatta bu chaqiruvni qabul qiladi.
O‘tgan shanbada Entoni Joshua Vladimir Klichkoni chempionlik jangida texnik nokaut bilan mag‘lubiyatga uchratdi. Jang uchun tuzilgan shartnomaga ko‘ra, qasos olish uchun qayta jang o‘tkazilishi ham nazarda tutilgan.
Mavzuga oid
20:43 / 27.04.2026
Sobiq jahon chempionlari Fyuri va Joshua jang haqida kelishib oldi
20:13 / 29.12.2025
Britaniyalik bokschi Entoni Joshua Nigeriyada jiddiy avtohalokatga uchradi
10:17 / 22.09.2024
Entoni Joshua titul uchun jangda bir necha bor polga quladi
09:32 / 26.09.2021