Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 12:20 / 02.05.2017
28243
1 daqiqa o‘qiladi
Qo‘ng‘irotda tug‘ilgan 3 egizakka Shavkat, Miromon, Mirziyo ismlari qo‘yildi
Foto: Kruz.uz
Qo‘ng‘irot tumani tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli poliklinika shifokori Saparbayeva Muyassarning oilasida uch nafar egizak tug‘ildi.
Kruz.uz’ning Qoraqalpog‘iston kasaba uyushmalari tashkiloti birlashmasi kengashi ma'lumotiga asosan xabar berishicha, ularga Shavkat, Mirziyo va Miromon ismlari berildi.
Shu munosabat bilan Qo‘ng‘irot tumani tibbiyot birlashmasi kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan ularga sovg‘alar topshirildi.