Iqtisodiyot | 00:15 / 03.05.2017
4073
2 daqiqa o‘qiladi

AQShning qo‘shimcha harbiy xarajatlari kamida 21 mlrd dollarni tashkil qiladi

Foto: Getty Images

AQShning yetakchi Respublikachilar partiyasi va muxolif Demokratik partiyasi o‘rtasidagi murosaviy kelishuvga ko‘ra, AQShning joriy moliya yilidagi qo‘shimcha harbiy xarajatlari 21 mlrd dollarni tashkil qiladi. Bu haqda jurnalistlarga Oq uyning Ma'muriy-byudjyet boshqarmasi rahbari Mik Malveyni ma'lum qildi. Uning aytishicha, 2016 yildagi moliyalashtirish bilan qiyoslaganda o‘sish 25 mlrd dollarni tashkil qilgan.   

Malveynining aytishicha, respublikachilar byudjyet muzokaralarida yon bosishlariga to‘g‘ri kelgan, chunki ular muxolifatga o‘z istaklarini o‘tkazishlari uchun AQSh kongressi senatida ularda yetarlicha ovoz bo‘lmagan. Biroq Malveyni muxolifat bunda yirik g‘alabaga erishgani haqidagi fikrga qo‘shilmasligini aytdi. "Prezident ustuvor qo‘ygan loyihalar moliyalashtirildi", deb aytdi Malveyni va gap Meksika chegarasida himoyalovchi inshootlar qurish haqida borayotgani ta'kidlab o‘tdi. 

"Demokratlar ham, respublikachilar ham yutmadi, Amerika xalqi yutdi", deb qo‘shimcha qilgan Malveyni.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid