Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonning amaldagi chempionlari ochlik e'lon qilishmoqchi
Futbol bo‘yicha Hindiston chempionati yana bir bor isloh qilinishi kutilmoqda. Unga ko‘ra mamlakatdagi parallel ravishda o‘tkaziladigan ikki yirik turnir - mamlakat chempionati va Superliga (ISL) birlashtiriladi.
O‘tgan mavsumda Hindiston chempionatida «Aidjal» jamoasi g‘olib bo‘lgan, ammo bu jamoa Superligaga qabul qilinadigan 3 jamoa ichida emas. Superligaga «Moxun Bagan», «Ist Bengal» va «Bengaluru» jamoalari qo‘shiladi.
«Aidjal» jamoasi 30 aprel kuni 18 tur yakunlariga ko‘ra 37 ochko jamg‘argan holda chempion bo‘lishgandi.
Endilikda jamoa rahbariyati kelgusi mavsumda ham yuqori divizionda ishtirok etishga ruxsat so‘rab Superligaga rasman so‘rov yo‘llagan. Shuningdek, mamlakat bosh vaziri hamda OFKga ham murojaat qilingan.
Jamoa futbolchilari esa bu qarorga noroziliklarini bildirish uchun ochlik e'lon qilishmoqchi.
Mavzuga oid
22:37 / 22.04.2026
27 million mashmashasi: o‘zbek klublari budjetdan pul ola boshladi
17:07 / 20.04.2026
Superliga. Peshqadamlar poygasi va «Bunyodkor»dan superkambek
11:07 / 15.04.2026
Superliga. «So‘g‘diyona»ning birinchi g‘alabasi va Babayanning iste’fosi
11:39 / 10.04.2026