Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘shda O‘zbekiston hisobidan zamonaviy maktab quriladi
Qirg‘izistonning O‘sh shahri hokimi Aytmamat Qodirboyev 3 may kuni “Trest-12” MChJ va “O‘zshaharsozlik LITI” loyiha tashkiloti vakillari bilan uchrashdi. Unda shaharda yangi zamonaviy 630 o‘ringa mo‘ljallangan maktab qurish loyihasi muhokama qilindi. Bu haqda Knews.uz O‘sh shahri hokimiyatiga asosan xabar berdi.
Uchrashuv davomida shahar hokimi maktab qurilishi O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni rivojlantirishni yaxshilashda muhimligini ta'kidlab o‘tdi.
«O‘sh shahri hokimiyati shaharning markaziy ko‘chalaridan birida umumiy maydoni 1,11 ga. bo‘lgan yer maydoni ajratdi. Loyihaga ko‘ra qurilishning umumiy maydoni 3851 kvadrat metrni tashkil etadi. Bu muhim va kerakli ish xalqlarimizni yanada yaqinlashtiradi», - deya ta'kidlab o‘tdi Aytmamat Qodirboyev.
Loyiha hujjatlariga ko‘ra, zamonaviy maktabda kerakli barcha narsa bo‘ladi: sport va faollar zali, mehnat xonalari, shifokor xonasi, oshxona va yozgi sport kompleksi. Shuningdek uch qavatli binoning har bir qavatida laboratoriya va ustaxonalar joylashadi. Qurilish ishlari yaqin orada boshlanishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
22:40 / 03.09.2025
Qirg‘izistonlik qizcha shahar hokimidan onasini ishga joylashtirishni so‘radi
07:38 / 02.09.2025
O‘shda O‘zbekiston-Qirg‘iziston hamkorligida sanatoriy yangi binosi quriladi
17:34 / 07.06.2025
Qirg‘izistonning O‘sh shahrida Lenin haykali olib tashlandi
14:10 / 20.02.2025