Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
10 mingta daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi: Murad Buildings’dan ekologik aksiya yakunlari
Nobel tinchlik mukofoti laureati Vangari Maatai shunday degandi: «Biz daraxt ekib, tinchlik va umid urug‘larini ham qadaymiz». Haqiqatdan ham, tabiatdagi muvozanatni faqatgina yangi o‘simliklarni ekib, tiklash mumkin – sababi ular kelajakda bizga havo, soya va salqinlik bera oladi.
Butun dunyo bo‘ylab ekologik vaziyatni yaxshilash uchun katta ishlar amalga oshirilmoqda. Bizning mamlakat ham bundan chetda qolgani yo‘q. 9 aprel kuni Murad Buildings «Mening yashil O‘zbekistonim» aksiyasini ishga tushirdi, u yuzlab kishilarni bir maqsad atrofida birlashtirdi.
Aktsiya juda oddiy: daraxt ekib, suratni o‘z sahifasida joylashtirish, so‘ngra izohlarda u bilan bo‘lishish talab etiladi – shunda siz aksiya ishtirokchisiga aylanasiz hamda Samsung Galaxy A5 7 ta smartfonlaridan birini yutib olishingiz mumkin edi.
Loyiha o‘ziga juda ko‘p insonlarni jalb etdi: aksiya haqidagi videoning o‘zi Feysbukdagi sahifada 50 ming marotaba ko‘rilgan. Maqola yozilayotgan paytda post mingdan ortiq «reaksiya», 545 izoh va 362 fikr bildirishni o‘ziga yig‘di, eng asosiysi – insonlar aksiyani nafaqat virtual reallikda, balki haqiqiy hayotda ham qo‘llab-quvvatlashdi.
Atigi 7 kun ichida 10 mingdan ortiq ko‘chat o‘tqazildi, ularning 1500 tasi Murad Buildings’dan bepul olindi. Ko‘pchilik qatnashchilarning tan olishicha, daraxt ko‘chatlarini birinchi marotaba o‘tqazayotganlari yo‘q hamda aksiya ular uchun buni qilishga yana bir turtki bo‘ldi.
Bir necha ming ishtirokchidan faqatgina 243 kishi fotosuratni joylashtirdi, bu esa, kishilar uchun sovg‘a olish emas, balki aynan shu ishni qilish muhimroq bo‘lganini ko‘rsatadi. Ular orasidan tasodifiy raqamlar orqali 7 nafar baxtli kishi tanlab olindi, ular va'da qilingan Samsung Galaxy A5 smartfonlarini olishdi.

«Shunday gap bor: har bir erkak o‘z umri davomida daraxt o‘tqazishi, uy qurishi va o‘g‘ilni voyaga yetkazishi kerak. Men turli aksiyalarda ko‘p qatnashaman, biroq hozirga qadar hech narsa yutib olmagandim. Endi esa orzular haqiqatdan ham ushalishining guvohi bo‘ldim!» - deydi aksiyada telefon yutib olgan Murod S.

«Men shunchaki ko‘chat sotib oldim, o‘z uyim oldida uni o‘tqazdim, biroq nimagadir umid qilmagandim. Tasodifan videoda telefon yutganimni ko‘rib qoldim. Biz mamlakatimizni ko‘kalamzorlashtirishimiz mumkin ekani hamda bunga qo‘shimcha tarzda sovg‘a olishim - bu ajoyib» - deydi tanlovning boshqa bir g‘olibi Anton Sh.

«Feysbukdagi postni tasodifan ko‘rib qoldim hamda menga nafaqat sovg‘ani olish, balki shaharni ko‘kalamzorlashtirishda ishtirok etish qiziq tuyuldi. O‘ylashimcha, bu yaxshi ish», - deydi Yelena M.

Tashkilotchilarning so‘zlariga ko‘ra, ular mamlakat aholisining ushbu tadbirda faol ishtirok etganidan ijobiy tarzda hayratga tushishgan va shunga o‘xshash ekologik aksiyalarni doimiy ravishda o‘tkazishni rejalashtirishmoqda. Biz esa shunday aksiyalarni ko‘proq amalga oshirish tarafdorimiz, sababi umumiy uyimiz kun sayin yanada yashil bo‘lib, chiroy ochib boraveradi.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
17:00 / 21.05.2026
Murad Buildings Regnum Plaza turar joy majmuasining birinchi navbatdagi binosini tantanali ravishda ochdi
17:00 / 20.04.2026
Murad Buildings ko‘magida rekonstruksiya qilingan 556-sonli bog‘cha qayta ochildi
19:36 / 13.02.2026
Toshkent bosh rejasi bahorda o‘zgartirilishi mumkin – Murad Buildings
17:00 / 09.02.2026