Toşkent şahri, Mirzo Uluğbek tumanida joylaşgan 556-sonli “Orzu” davlat maktabgaça ta’lim taşkiloti rekonstruksiyadan söng tantanali ravişda qayta oçildi. Mazkur boğça Murad Buildings kompaniyasi tomonidan amalga oşirilayotgan Regnum Plaza turar joy majmuasi doirasidagi ijtimoiy loyiha hisoblanadi. Quriliş vazirligi taşabbusi bilan 1980 yili qurilgan va yillar davomida hudud aholisi uçun muhim bölib kelgan mazkur davlat boğçasini rekonstruksiya qiliş taklif etilgan edi. Bugungi kunda Murad Buildings kömagida yangilangan bino zamonaviy qulaylik va sifat talablariga töliq javob beradi.

Foto: Murad Buildings

Oçiliş marosimi bayramona ruhda ötdi. Mehmonlarni musiqiy çiqişlar, karnay-surnay sadolari qarşi oldi. Tadbirning eng muhim lahzasi ramziy tasma kesiş marosimi bölib, u boğça hayotining yangi bosqiçini boşlab berdi.

Yangilangan boğça — şunçaki ta’mirlangan bino emas, balki bolalarning har tomonlama rivojlanişi uçun yaratilgan zamonaviy makon. Yoruğ va keng guruh xonalari, öyin va ta’lim zonalari, sayr maydonçalari — barçasi bolalar uçun qulay va rivojlantiruvçi muhit yaratişga xizmat qiladi.

Tadbir davomida mehmonlar boğçaning yangilangan infratuzilmasi bilan tanişib, pedagoglar bilan suhbatlaşişdi hamda bolalar qanday şaroitda ta’lim olişini öz közlari bilan körişdi.

556-sonli “Orzu” davlat maktabgaça ta’lim taşkilotining rekonstruksiyadan söng qayta oçilişi — nafaqat tarixga ega bino qayta tiklangani, balki şahar ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantiriş yölidagi muhim qadamdir. Murad Buildings iştirokida amalga oşirilgan mazkur loyiha davlat va biznes hamkorligi orqali kelajak avlod uçun sifatli muhit yaratiş mumkinligini yana bir bor namoyon etdi.

Boğça öz tarixini saqlagan va zamonaviy talablarga mos holda yana öz eşiklarini kiçik tarbiyalanuvçilar uçun oçmoqda.

Reklama huquqi asosida