Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hasanboy Do‘stmatov Osiyo chempionatining eng yaxshi bokschisi deb topildi
Foto: olamsport.com
Bugun, 7 may kuni Toshkentdagi «O‘zbekiston» sport majmuasida boks bo‘yicha bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionati nihoyasining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bir hafta davom etgan boks musobaqasida mezbonlar jamoasi mutloq ustunlikka erishdi.
Turnirda O‘zbekiston sharafini himoya qilgan 10 nafar bokschidan 9 nafari qit'a chempionatini chempion sifatida yakunladi.
Turnirning eng yaxshi bokschisi ham O‘zbekistondan bo‘ldi, Hasanboy Do‘stmatov oltin medaldan tashqari shunday mukofot bilan ham taqdirlandi.
Hasanboy qit'aning eng yaxshi bokschisi uchun beriladigan mukofotni Osiyo boks konfederatsiyasi prezidenti Serik Konabayevdan qabul qilib oldi.
Ma'lumot uchun, Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 10 ta imkoniyatdan 9 ta oltin medalni qo‘lga kiritib, qit'ada mutlaq rekord o‘rnatdi. Jahon chempionatiga esa turnirda ishtirok etgan 10 nafar bokschining hammasi boradigan bo‘ldi.
Mavzuga oid
22:03 / 20.04.2025
Fantastik final. O‘zbekiston o‘smirlari 9 kishi bo‘lib o‘ynab Osiyo chempioniga aylandi
12:49 / 14.02.2025
Chempionlar vatanga qaytishdi
15:20 / 12.02.2025
O‘zbekiston amputantlar jamoasi Osiyo chempioni bo‘ldi
17:48 / 11.12.2024