Sport | 21:26 / 07.05.2017
4750
3 daqiqa o‘qiladi

«Latsio» va «Sampdoriya» o‘yinida 10ta gol, «Inter» Genuyada yutqazdi

Foto: Squawka

Rimning «Latsio» jamoasi Italiya chempionatining 35-turini «Sampdoriya»ga qarshi o‘tkazdi.

Rimliklar Marko Jampaolo jamoasi darvozasiga 7ta gol urishdi. Mezbonlar safida Chiro Immobile dubl qayd etdi. Mehmonlar Toma Strakoshi qo‘riqlayotgan darvozani uch bor ishg‘ol etishdi.

Bu g‘alaba «Latsio»ga turnir jadvalida «Roma»ga yaqinlashib olish imkonini berdi, «Sampdoriya» 10-o‘rinda qoldi.

Yana bir uchrashuvda «Inter» yutqazib, g‘alabasiz seriyani 7ta o‘yinga yetkazdi. Milanliklar klubi «Jyenoa»dan mag‘lub bo‘lishdi, uchrashuvdagi yagona gol Goran Pandev tomonidan 70-daqiqada urildi.

87-daqiqada Antoni Kandreva penaltini aniq amalga oshira olmadi, ko‘p o‘tmasdan Jyeffri Kondogbiya qizil kartochka olib «Inter»ni kamchilikda qoldirdi.

Bu mag‘lubiyatdan keyin «Inter» yevrokuboklardan amalda mahrum bo‘ldi. «Atalanta» agar qolgan 3ta turda 1 ochko olsa ham milanliklar Yevropa Ligasida o‘ynamaydi.

Italiya A Seriyasi, 35-tur

«Latsio» (Rim) – «Sampdoriya» (Genuya) – 7:3 (5:1)
Gollar: Keyta, 3. Immobile, 19 (penalti), 70. Xudt, 36. Anderson, 38 (penalti). de Vrey, 45. Lulich, 65. – Linetti, 32. Kvalyarella, 72. 90 (penalti)
Chetlatish: Shkrinyar, 18 («Sampdoriya»)

«Empoli» (Empoli) – «Bolonya» (Bolonya) – 3:1 (2:1)
Gollar: Kroche, 5. Paskual, 38. Kosta, 46 – Verdi, 11

«Kevo» (Verona) – «Palermo» (Palermo) – 1:1 (0:0)
Gollar: Pellisse, 66 (penalti) – Goldaniga, 88

«Jyenoa» (Genuya) – «Inter» (Milan) – 1:0 (0:0)
Gol: Pandev, 70
Chetlatish: Kondogbiya, 88 («Inter»)
Amalga oshirilmagan penalti: Kandreva, 87 («Inter»)

«Sassuolo» (Sassuolo) – «Fiorentina» (Florentsiya) – 2:2 (0:1)
Gollar: Politano, 74 (penalti). Iyemmello, 85. – Keza, 3. Bernardeski, 90
Chetlatish: Rodriges, 72 («Fiorentina») 

«Peskara» (Peskara) – «Krotone» (Krotone) – 0:1 (0:0)
Gol: Tonev, 71
Chetlatish: Benali, 77 («Peskara»).

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid