Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya chempionati. «Marsel» «Nitstsa»dan ustun keldi, «Lion» esa - «Nant»dan
Fransiya 1 ligasining 36-turidan o‘rin olgan to‘rtta uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Markaziy uchrashuv «Velodrom»da kechdi va unda «Marsel» «Nitstsa»ni qabul qildi.
Uchrashuvning dastlabki bo‘limida Bafetimbi Gomis mezbonlarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda Mario Balotelli hisobni tenglashtirgandi. Biroq Patris Evra tomonidan kiritilgan gol marselliklarga g‘alaba keltirdi va jamoa 58 ochko to‘plab 5-o‘ringa joylashdi. «Nitstsa» esa ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng rasman chempionlik uchun kurashish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi. 77 ochko to‘plagan «Nitstsa» «PSJ»dan 6 ochko kam jamg‘argan va parijliklarning navbatdagi ochkosi «Nitstsa»ni YeChLga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma beruvchi 2-o‘rindan ham mahrum qilishi mumkin.
Shuningdek, bu turda «Lion» ham «Nant»ni qabul qilib, g‘alaba qozondi va 4-o‘rinni saqlab qoldi. Yevropa ligasi uchun kurash olib borayotgan «Bordo» esa «Sent-Eten» uyida ochko yo‘qotdi va «Marsel»ni oldinga o‘tkazib yubordi. «Bordo» asosiy raqibidan bir ochkoga ortda qolmoqda.
Fransiya 1 ligasi, 36-tur
Marsel – Nitstsa 2:1 (1:0)
Gollar: Gomis (21), Evra (66) – Balotelli (50).
Marsel: Pele, Fanni, Evra, Sakai, Rolandu, Venker, Sanson, Lopes (Zambo, 70), Toven (Kabella, 17; Sarr, 88), Payyet, Gomis.
Nitstsa: Kardinal, Dante, Bess, Dalbert, Rikardu Pereyra (Donis, 58), Belxanda, Seri, Esserik (Srarfi, 83), Kozello (Le Bian, 75), Suke, Balotelli.
Ogohlantirishlar: Kabella (34), Payyet (47), Sakai (59), Dante (62), Fanni (67), Pele (90).
Lion – Nant 3:2 (0:1)
Gollar: Fekir (65, penalti), Korne (77,80) – Ronjye (19), Jiye (75).
Lion: Antoni Lopesh, Nkulu, Morel, Rafael, Mammana, Gezzal (Valbuena, 71), Gonalon, Fekir (Ferri, 81), Tuzar, Depay, Lyakazett (Korne, 62).
Nant: Dyupe, Jiji, Lukas Lima, Dyubua, Diyego Karlos, Ronjye, Jiye, Tomasson (Serjiu Oliveyra, 86), Xarit, Nakulma (Bammu, 63), Sala (Iloki, 81).
Ogohlantirishlar: Diyego Karlos (45), Iloki (82).
Sent-Eten – Bordo 2:2 (1:1)
Gollar: Berich (45), Pajo (64) – Una (42, penalti), Labord (50).
Sent-Eten: Ryuffe, Malkyui, Teofil-Katrin, Perren, Maiga (Poloma, 90), Veretu, Selnes (Seve, 86), Pajo, Amuma, Berich, Monne-Pake (Norden, 79).
Bordo: Karrasso, Sabali, Levchuk, Pallua, Kontento, Plashil (Vada, 84), Tulalan, Sankare, Malkom, Labord (Rolan, 66), Una (Kamano, 74).
Ogohlantirishlar: Labord (12), Kontento (61), Veretu (70).
Chetlatish: Pallua (90).
Renn – Monpele 1:0 (0:0)
Gol: Mubele (80).
Renn – Kostil, Pedru Mendesh (Danze, 59), Mesher, Nyanon, Bensebayni, Janve (So, 46), Prtsich, Andre, Baal, Gurkyuff (Fernandes, 78), Mubele.
Monpele – Pionne, Mukiyele, Kongre, Pokorny, Deplan (Kamara, 86), Silla (Ikone, 81), Skiri, Lasn, Budebuz, Sessenon, Mbenza (Mune, 63).
Ogohlantirishlar: Kongre (26), Pedru Mendesh (42), Baal (72), Fernandes (83), Budebuz (83).
Mavzuga oid
09:29 / 27.05.2024
Lion metrosida odamlarga pichoq bilan hujum qilgan shaxs ushlandi
16:13 / 22.04.2024
Nitssadagi terakt: Parijda apellyatsiya jarayoni boshlandi
13:33 / 16.12.2022
Lion yaqinidagi yong‘inda kamida 10 kishi halok bo‘ldi
07:33 / 14.12.2022